«xalq ta’limi vaziri» tegli maqolalar


«Xavotirga o‘rin yo‘q». Xalq ta’limi vaziri — attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali o‘qituvchilar haqida
31 avgust 2022, 22:01

«Xavotirga o‘rin yo‘q». Xalq ta’limi vaziri — attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali o‘qituvchilar haqida

Xalq ta’limi vaziri oliy toifali o‘qituvchilar attestatsiyasi masalasida murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tmagan 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega oliy toifali o‘qituvchilarning toifalari bekor qilinmaydi.

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi
12 fevral 2022, 20:16

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi. U mazkur holatni «ustoz sha’nini yerga urish» deb baholab, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Avvalroq, XTV uzr so‘rash tadbiri tuman hokimligi tashabbusi ekanligini tasdiqlagandi.

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri
30 noyabr 2021, 11:24

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov uchta viloyatga tashrifdan so‘ng, maktablardagi ahvolni qoniqarli emas deb atadi. «Afsuski, hatto o‘z fani bo‘yicha oddiy savolga ham javobni bilmaydigan o‘qituvchilar bor ekan», — dedi u. U o‘qituvchilar qo‘lida inson taqdiri yotganini aytib, «jonkuyarlik bo‘lmasa nima qiladi bu kasbni tanlab?» degan savolni o‘rtaga tashladi. Vazir ta’lim sifatini yaxshilash uchun katta va ko‘p ishlar qilish kerakligini ma’lum qildi.

XTV rahbari: «Ota-onalar hamda bolalarning kelajakka ishonchini uyg‘otish — bizning qo‘limizda»
25 noyabr 2021, 11:59

XTV rahbari: «Ota-onalar hamda bolalarning kelajakka ishonchini uyg‘otish — bizning qo‘limizda»

Yangi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar va ota-onalarga murojaatini e’lon qildi. Unda u butun xalq kelajagiga daxldor sohaning ulkan mas’uliyatini ta’kidladi. «Bugun yechimi kechikayotgan har bir muammo ertaga falokatga aylanishiga shak-shubha yo‘q», — dedi vazir va barchani taklif va mulohazalarni yuborishga chaqirdi.

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi
3 noyabr 2021, 10:58

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qiganlarga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berilishi mumkin (aniqlashtirildi)
11 avgust 2021, 19:34 2

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qiganlarga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berilishi mumkin (aniqlashtirildi)

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting